2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e’tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.
Joriy yilning 1 mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan qolmoqda.
Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
🔺oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 so‘m;
🔺oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
🔺oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 so‘m;
🔺oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 so‘mdan etib belgilanmoqda.
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
🔺oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
🔺oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
🔺oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
🔺oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.
Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 so‘mdan qolmoqda.
Endi tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanadi. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
🔺oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
🔺oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
🔺oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘lashlari belgilanmoqda.
Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi:
🔺oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m; oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
🔺oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m; oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘laydilar.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1 600 so‘m etib belgilanyapti.
⚠️ 2024 yilning 1 iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 so‘mdan yetkazib beriladi.
Qaror bilan 2025 yilning 1 aprelidan e’tiboran bosqichma-bosqich o‘zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda.
Xususan, 2025 yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruh iste’molchilar uchun o‘zgarishsiz qolgan.
Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
🔺oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 so‘m;
🔺oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 so‘m;
🔺oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 so‘m;
🔺oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 so‘mdan etib belgilanmoqda. Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
🔺oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 so‘m;
🔺oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 so‘m;
🔺oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 so‘m;
🔺oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 so‘mdan etib belgilanyapti.
Iste’molchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1 aprelidan e’tiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan to‘laydilar.
⚠️ Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha o‘zgaradi.
Barcha iste’molchilar uchun to‘lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘laydilar.
Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun iste’mol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar o‘zgaradi. Ya’ni, kelgusi yilning 1 aprelidan e’tiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
🔺oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 so‘m;
🔺oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so‘m;
🔺oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 so‘m;
🔺oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘m etib belgilanyapti.
Mart – oktyabr oylaridagi bir oylik iste’mol uchun esa quyidagicha haq to‘lanadi:
🔺oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 so‘m;
🔺oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so‘m;
🔺oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 so‘m;
🔺oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 so‘m;
🔺oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘mdan to‘laydilar.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 2 000 so‘m bo‘ladi.
Elektr energiyasi bir oylik bazaviy me’yori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.