1 101 09/07/2024

1998-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yo‘ldoshev Shavkat Rossiyaning “Vagner” xususiy armiyasi tarkibida olti oy muddatga harbiy xizmatda qatnashgani uchun sudlangan.

Yo‘ldoshev Rossiyaga mavsumiy ishchi sifatida pul topish uchun ketgan. Dastlab u qurilishda ishlagan, biroq keyinchalik giyohvand moddalar savdosi uchun hibsga olingan va Rossiya qonunchiligiga ko‘ra 7 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qamoqxonada Yo‘ldoshevga “Vagner” tarkibida yollanma askar bo‘lishni taklif qilishdi. U rozi bo‘ldi va Ukrainaga jangga jo‘nadi. 2022-yildan 2023-yilgacha olti oy davomida frontda bo‘lib, “Jasorati uchun” medali bilan ham taqdirlangan.

Shavkat Yo‘ldoshev O‘zbekistonga qaytgach, yollanma jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ohangaron shahar sudi uni daromadining 20 foizi ushlab qolingan holda 2 yil 6 oy muddatga majburiy mehnatga hukm qildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya