715 30/08/2025

Yevropada yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammad deb ism qo‘yish tobora ko‘payib bormoqda. 2000-yilda Avstriyada har 1670 o‘g‘il boladan faqat bittasi bu ismni olgan bo‘lsa, 2023-yilda esa bu har ikki yuz boladan biriga Muhammad ismi qo‘yilgan. Angliya va Uelsda Muhammad ismi ikki yil ketma-ket erkak ismlari orasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda: faqat 2024-yilning o‘zida 5721 nafar o‘g‘il bolaga bu ism berilgan. Irlandiyada o‘sish deyarli 372 foizni, Fransiyada – 127 foizni, Niderlandiyada – 13 foizni tashkil etdi. Belgiya va Fransiyada so‘nggi yigirma besh yil ichida shu nom bilan atalgan chaqaloqlar soni ikki baravar ko‘paydi va barcha o‘g‘il bolalarning bir foizidan oshdi.

Bu misoldan Yevropadagi musulmon oilalar allaqachon «migrantlik»dan chiqqan deyish mumkin. Bugun bu yerda tug‘ilib o‘sgan avlod o‘z urf-odatlari va madaniyatini asrab-avaylagan, shu bilan birga yashayotgan mamlakatining to‘laqonli fuqarolaridir. Muhammad ismi an’anaviy yevropacha ismlar kabi Yevropa statistikasining bir qismiga aylandi.

Demografik o‘zgarishlar turli xil reaksiyalarni keltirib chiqardi. Ba’zilar buni zamonaviy Yevropaning xilma-xilligini aks ettiruvchi tabiiy jarayon deb bilishadi. Boshqalar buni tahdid deb bilishadi va bu mavzuni siyosiy kurashda ishlatishadi. Bu, ayniqsa, milliy o‘zlikni himoya qilish haqidagi shiorlarni ko‘tarib chiqadigan o‘ng partiyalar tomonidan faol amalga oshiriladi.

Lekin faktlar quyidagicha: muhojirlar madaniyati Yevropada kundalik hayotning bir qismiga aylanib bormoqda. Yevropa davlatlari tanlov oldida turibdi – o‘zlarini yopish va cheklovlarni kuchaytirish yoki yangi voqelikni hisobga olgan holda siyosiy muloqot o‘rnatish.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya