Bu o‘zgarish Isroil, Aminjon va Dilovar Islomovlar, shuningdek, Alisher Qosimovga tegishli. Bu haqda advokat Aleksandr Yarin ma’lum qildi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Aminjon va Dilovar Islomovlar, ularning otasi Isroil Islomov va Alisher Qosimovga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 3-qismi (terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish natijasida terrorchilik akti sodir etish) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ushbu modda bo‘yicha ayblanuvchilar 12-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Avvalroq mazkur shaxslarga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” band (inson o‘limiga olib kelgan terrorchilik akti) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan edi. Ushbu modda bo‘yicha jazo 15-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi. Shuningdek, 1-yildan 2-yilgacha ozodlikni cheklash jazosi ham mumkin.