150 19/02/2024

Ish haqi berilmasa qanday yo‘l tutish kerak?

Tyumen shahrida 20 dan ortiq tojikistonlik muhojirlar oylik ololmagani uchun shahardagi cherkov ruhoniysidan yordam so‘rashgan. Ruhoniy pul to‘lanmasligi nasroniylik dinida gunoh ekanini aytib, migrantlarga yordam berishni xohlagan. Lekin ish beruvchi ruhoniyning ham telefonini ko‘tarmagan.

Tojikistonlik migrantlar mehnat shartnomasisiz ishlab kelishayotgan bo‘lgan va oylikdan qarz brigada uchun umumiy 2,5 million rubldan iborat bo‘lgan. Ushbu voqea misolida, oylik ololmayotgan migrantlar nima qilishi kerakligi haqida tushuntirish beramiz.

Agar ikki oydan ortiq vaqt davomida oylikni to‘liqligicha ololmayotgan bo‘lsangiz mehnat shartnomangiz yo‘q bo‘lishiga qaramay ish beruvchiga ishlayotganingizni tasdiqlovchi isbotlarni to‘plang. Masalan, ish obyektiga kirish uchun ruxsatnoma, bajarilgan ishlar akti, navbatchilik akti, oylik olganlik haqidagi jurnalga imzo va h.k. Asosiysi isbotlaringizda korxonaning yumaloq pechati qo‘yilgan bo‘lsin.

Ushbu isbotlar bilan Rossiya Tergov qo‘mitasiga ariza yozing. Arizangiz Rossiya Jinoiy kodeksining 145.1 moddasi bo‘yicha (ch.2, st.145.1 UK RF) jinoiy ish uchun asos sanaladi. Oylik bermaganlik uchun 500 minggacha jarima yoki 3-yilgacha qamoq jazosi mavjud.

Shuning uchun qo‘rqmay sizga daromadda muammo tug‘dirgan ish beruvchiga siz ham qonun doirasida javobgarlikka tortish bilan faoliyat yuritishiga muammo yaratishingiz mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация