147 14/05/2024

Chelyabinsk aeroportida politsiya xodimlari pora taklif qilishga uringan xorij fuqarosini qo‘lga oldi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ural federal okrugi bo‘yicha matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs migratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilingan. Biroq hibsga olingandan keyin u politsiyachiga besh ming rubl pora taklif qilgan.

Videokamera qaydida xorijlikning kelishish va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmaslik evaziga 5 ming rubl taklif qilayotgani aks etgan.

Politsiya xodimi voqea haqida darhol rahbariyatga xabar bergan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi va 291.2-moddasi 1-qismi (Pora berishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ural federal okrugi bo‘yicha matbuot xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs chet el fuqarolari uchun vaqtincha saqlash markazida. Tuzilgan protokol natijalariga ko‘ra, unga ikki ming rubl miqdorida jarima solingan.

Pora olish Rossiya politsiyasi uchun yangilik bo‘lmasa-da, ayrim hollarda “podstava” qilib migrantlarni qo‘lga tushirish hollari uchrab turadi. Shuning uchun muhojirlarga tavsiyamiz, avvalo, hujjatlaringizni to‘g‘irlab yuring, pora berishga urinmang.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya