
Rossiyada ish beruvchilar xorijiy ishchilar uchun kvotalarning yetarli emasligi kabi muammoga duch kelgan. Bu ko’plab kompaniyalarni faoliyatini qanday davom ettirish va kimni shtatda saqlab qolish haqida o’ylashga majbur qilmoqda.
Iqtisodchi Oleg Nikolayevning fikricha, agar kompaniyaning xorijiy ishchilar soni ruxsat etilgan kvotadan oshsa, ish beruvchi kimni ishdan bo’shatish to’g’risida qaror qabul qiladi. Qonun xodimlarni ish staji yoki malakasi kabi biron bir aniq mezon asosida tanlashni talab qilmaydi. Bunday qarorlarni kompaniyaning o‘zi qabul qilinadi.
Biroq, mutaxassislar tashkilotning ichki hujjatlarida ishdan bo’shatish tartibini batafsil ma’lum qilishni maslahat beradi. Bu xodimlar bilan nizolar va mojarolarning oldini olishga yordam beradi.
Shtatni qisqartirishda Mehnat kodeksining 179-moddasidan ham foydalanish mumkin. Unda yuqori malaka va unumdorlikka ega xodimlarga ustunlik berilishi aytilgan.
Eslatib o’tamiz, 2026-yilda Rossiyada xorijiy ishchilarni yollash uchun umumiy kvota 278 940 ni tashkil etadi. Shu bilan birga, ayrim sohalarda xorijiy ishchilar ulushiga cheklovlar mavjud: qurilish va ovqatlanish xizmatida 50% gacha, sabzavot yetishtirishda 40% gacha va binolarni ta’mirlashda 70% gacha.