137 17/03/2024

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka faqat migrantlar emas, qabul qiluvchi taraf ham tortiladi.

Yashash uchun joy berganida:

  • Registratsiya qilib, aslida joy bermaganligi uchun;
  • Hujjatsiz yurgan migrantga yashash uchun joy bergani uchun;
  • Registratsiyani kechiktirib qilib bergani uchun;
  • Registratsiyani qilib bermagani uchun;
  • Migrant mamlakatdan chiqib ketgani haqida qaydnoma (majburiy holatlarda) topshirmagani uchun;

Uy egasi yoki yotoqxona egalari uchun КоАП РФ’ning 18.9 moddasiga ko‘ra 500 ming rublgacha jarima yoki УК РФ’ning 322.2 va 322.3-moddlariga binoan 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Ish jarayonida:

  • hujjatsiz migrantlarni ishga jalb qilgani uchun;
  • migrantlarni ishga qabul qilish uchun davlatdan ruxsatnoma olish kerak bo‘lgan holatda uni olmaganlik uchun;
  •  migrantlarni patentidagi kasbdan boshqa kasbga yoki patentda ko‘rsatilgan shahardan boshqa shaharga ishga jalb qilgani uchun;
  •  migrant bilan mehnat shartnomasi tuzgani haqida IIVga xabar bermagani yoki xato xabar bergani uchun;
  • yuqori malakali migrantning maoshi haqida IIVga ma’lumotni bermaganlik yoki xatoliklar bilan bergani uchun ish beruvchiga 1 million rubl jarima yoki ish beruvchining faoliyatini 14 sutkadan 90 sutkagacha to‘xtatish javobgarligi belgilangan.

Ish beruvchilar uchun Rossiya hukumati ayrim sohalarda migrant ishchilar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida me’yor belgilagan. Shu me’yorni buzgan ish beruvchilar КоАП’ning 18.7-moddasi bo‘yicha 1 million rublgacha jarima yoki faoliyatini 90 sutkagacha to‘xtatish bilan javobgarlikka tortiladi.

Qolaversa, migrantlarga maoshni to‘lamaslik, maoshni naqd pul bilan to‘lash, sanitariya talablarini buzish kabi huquqbuzarliklar uchun ham ish beruvchilar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Shuning uchun, huquqingiz buzilgan holatda shikoyat qilishdan tortinmang. Chunki javobgarlikka tortish shikoyat kelib tushganidan keyin boshlanadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация