Maqola

289 11/09/2024

Tojik diasporasining rahbari Podmoskovyening Pushkino shahridagi saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Millatchilar Bahromjon Hasanov shaxsiga e’tiborni qaratishga harakat qilib, unga turli tuhmat toshlarini otmoqda.

“Rossiyada o‘tgan mahalliy saylovlar qiziq natija bilan yodda qoldi – sobiq migrant, ayni vaqtda Rossiya fuqarosi, Bahromjon Hasanov Moskva oblastining Pushkino shahrida deputatlik o‘rnini egalladi”, deb yozmoqda “Царьград” nashri.

Bahromjon Hasanov “Единая Россия” partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan va deputat sifatida katta rejalarni amalga oshirish niyatida.

Hasanov O‘zbekistonda tug‘ilgan, 17 yoshgacha Tojikistonda yashagan, 90-yillarda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan va 2008 yilda fuqarolik olgan.

Saylovlardan oldin u muntazam ravishda maxsus operatsiya hududiga gumanitar yordam bilan borib turgan.

Biroq, millatchilar Bahromjon Hasanovni yomonlashga urinishyapti, uning faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish boshlangan.

Hasanovni mahalliy aholi bilan birga yuborgan insonparvarlik yordami uning nazorati ostidagi do‘konlarga tushganida ayblashmoqda. Hasanov esa ayblovni rad etib, barcha gumanitar yordam fotofiksatsiya qilingani va zarur isbot-dalillar mavjudligini aytadi.

Eslatib o‘tamiz, Peterburgda o‘zbekistonlik Ravshanbek Qurbonov deputatlikka nomzod bo‘lgandi. Afsuski, u saylovda yutqazgan. Ammo u bilan birga mahalliy millatchilar ham yutqazishdi, chunki ularning nomzodi Ravshanbek Qurbonovning da’vosi tufayli sud orqali saylovdan chetlatildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya