Maqola

1 309 21/10/2025

Moskva politsiyasi uch ming nafar xorijliklarning noqonuniy migratsiyasini qonuniylashtirishgan besh kishini hibsga oldi. Ularning sharlar bilan bezatilgan kabineti videoga olingan. Kadrlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk o‘zining Telegram’dagi kanalida e’lon qildi.

Kadrlarda maxsus kuchlar gumondorlarni, shuningdek, noqonuniy muhojirlar va ularning Rossiyadagi yashash joylarini ko‘rish mumkin.

Jinoiy sxema rekruting agentligi va qurilish kompaniyasining mansabdor shaxslari tomonidan tashkil etilgan. Ular xorijliklarni soxta hujjatlardan foydalangan holda soxta shaxslar nomiga ro’yxatdan o’tgan shirkatlarga yolg‘ondan ishga joylashtirishgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Kompaniyaning ofislarida tintuv o‘tkazilib, mehnat shartnomalari, soxta kompaniyalarning muhrlari, kompyuterlar olib qo‘yildi. Ayblanuvchilardan ikki nafari qamoqda, uch nafari esa uy qamog‘iga olingan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya