77 16/04/2024

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan hodisa bolalar huquqlari va chet elga tirikchilik ilinjida ketayotgan ota-onalar duch kelishi mumkin bo‘lgan mashaqqatlar haqida savollar tug‘dirdi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Bolalar ombudsmanı kotibiyatiga shu hududda yashovchi ayoldan murojaat kelib tushgan.

X.X. ismli ayol Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib turgan farzandlari, 2012-yilda tug‘ilgan qizi va 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘lidan xavotirda ekanligini bildirgan. U turmush o‘rtog‘i K.G. va bolalari bilan Qozon shahrida yashagani paytda o‘g‘li milisiya xodimlari tomonidan kasalxonaga yotqizilgan. Bunga otasining bolani urgani sabab bo‘lgan. Hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun Qozog‘iston Respublikasi hududiga o‘tgan ayol taqiq tufayli Rossiyaga qayta kira olmasdan O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Uning bolalaridan xavotir olib qilgan murojaati
Tashqi ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ota va bolalar Qozon shahrida ekani, farzandlari 41-sonli o‘rta maktabda tahsil olayotgani aniqlangan. Ular 18-sonli bolalar shifoxonasida ko‘rikdan o‘tkazilib, hech qanday davolanish talab etilmagani aniqlangan.

Qozon shahri va Volgabo‘yida vasiylik va homiylik organlari bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi mavjud qiyinchiliklarni hisobga olib, bolalarni O‘zbekistonga qaytarishga ruxsat oldi.

O‘tkazilgan bir qator tezkor tadbirlardan so‘ng 15 aprel kuni voyaga yetmaganlar N.U. va J.N. O‘zbekistonga olib ketilib, onasi qaramog‘iga topshirildi.

Bu holat nafaqat xalqaro migratsiyaning murakkabligini, balki bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning xavfsizligi uchun adekvat yechimlarni topish zarurligini ham ko‘rsatadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация