Maqola

102 09/10/2024

2025-yil 1-martidan boshlab Rossiyada yo‘l harakati kameralari orqali haydovchilarning “ОСАГО” polisi bor-yo‘qligi tekshiriladi, deb yozadi «Izvestiya» nashri.

Bu tajribani bir yil davomida o‘tkazishga qaror qilingan. “ОСАГО” polisisiz harakatlangan haydovchilarga «Госуслуги» orqali ogohlantirish yuboriladi. Tajriba davomida ogohlantirish jarimasiz yuboriladi. Keyinroq, tajriba o’zini oqlasa jarimalar ham yuborilishi nazarda tutilmoqda.

Bu choraning maqsadi – sug‘urtasiz harakatlanayotgan avtomobil haydovchilarining sonini kamaytirishdir. Rossiyada 36 million haydovchidan taxminan 7–10 foizi sug‘urtasiz harakatlanadi. “ВСК” аgentligining matbuot xizmatiga ko‘ra, “ОСАГО”siz asosan yoshlar, taksichilar va boshqa xavfli toifadagi haydovchilar harakatlanadi.

Har kuni “ОСАГО”siz haydovchi 800 rubldan jarima olsa, bir oyda 20 kun polissiz harakatlangani uchun haydovchi 16 ming rubl to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa sug‘urta xarid qilishdan qimmat. Hozir mamlakat bo‘yicha “ОСАГО”ning o‘rtacha narxi 7,2–7,4 ming rublni tashkil etadi, deya o’zgarishlarning ijobiy yangilik ekanini ta’kidlaydi «РЕСО-Гарантия» eksperti Pavel Yakovlev.

Kelgusi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, migrant haydovchilarga “ОСАГО” rasmiylashtirishni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya