Maqola

136 21/10/2026

“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun qabul qilindi.

Hujjat özbek alifbosini takomillaştiriş, yozuvdagi imloviy va texnik noqulayliklarni bartaraf etişga qaratilgan.

Yangi qonunga köra, alifbo «Bir tovuş — bir harf» tamoyili asosida takomillaştiriladi. Jumladan, Ğ örniga Ğ, Ö örniga Ö, Ş örniga Ş, Ç örniga Ç harflari qöllaniladi. Şuningdek, alifbodan alohida harf sifatida berilgan Ng çiqariladi.

Özgarişlar matn teriş, ma’lumotlarni qidiriş va raqamli platformalarda özbek tilidan foydalanişni osonlaştiriş uçun şaroit yaratadi.

Yangi tahrirdagi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi. Qonun kuçga kirguniga qadar rasmiylaştirilgan hujjatlar öz kuçini saqlab qoladi. Eski yozuvdagi peşlavha va körsatkiçlardan ham ular yaroqsiz holga kelguniga qadar foydalaniş mumkin.

Qonun rasman e’lon qilinganidan olti oy ötgaç kuçga kiradi.

Yangi tartib kundalik yozişmalar, bolalarning savod çiqarişi va raqamli texnologiyalardan foydalanişni qulaylaştirişга qaratilgan. Alifboni takomillaştiriş özbek tilining zamonaviy hayotdagi imkoniyatlarini kengaytiriş va uning kelgusi rivojiga hissa qöşişni közda tutadi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya