Мақола

83 12/04/2024

Yil boshida Peterburgga kelib, ishga joylashmagan muhojirlarning patentlari bekor qilinmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarmasi ma’lum qilgan.

Gap patent rasmiylashtirgach, ish joyi haqida bildirishnoma (uvedomleniye) topshirmagan muhojirlarning patentlari haqida bormoqda.

“Peterburg politsiyasining tekshiruvlariga ko‘ra Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan muhojirlarning bir qismi, avval boshdan ularning maqsadi ishlash emasligi ma’lum bo‘ldi. Ular mamlakatga soliqsiz faoliyat olib borish uchun kelishadi”, deyiladi idora xabarida.

“Krokus Сity Hall”dagi teraktdan so‘ng Peterburg gubernatori migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan. Natijada huquq-tartibot organlari ommaviy reydlar o‘tkazib, sudlar bir hafta ichida 418 nafar xorijlikni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror chiqargan.

Rus tili imtihonlarini o‘tkazadigan markazlarda tintuv o‘tkazilib, 5 nafar xodimga noqonuniy migratsiyani tashkillash bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Peterburgning Moskovskiy tumanida yashovchi ikki fuqaro ham 80dan ortiq migrantlarni xonadonlarida ro‘yxatdan o‘tkazgani uchun noqonuniy migratsiyani tashkillash bilan ayblanmoqda.

Ikki nafar politsiyachilarga ham migrantlardan pora olishda ayblanib, jinoiy ish ochilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация