Maqola

294 08/06/2024

23-iyundan boshlab, xorijliklarning Rossiyadagi migratsion qaydlarini uzaytirish yoki qisqartirish tartibida kichik o‘zgarishlar kiritiladi.

Bu o‘zgarishlarga ko‘ra, xorij fuqarosining Rossiyada qolishi uchun migratsion qaydni uzaytirishga ariza nafaqat MVDning migratsiya bo‘limlariga, balki Moskvadagi Migratsiya markazi (Saxarovo) yoki Pasport viza markazlari (PVS) orqali topshirilishi ham mumkin.

Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak “registratsiyani” uzaytirish uchun arizalarni 23-iyundan boshlab patent beriladigan joylarga topshirsa bo‘ladi.

Kimlar registratsiyani uzaytirish uchun ariza bilan murojaat qiladi? O‘qiydigan talabalar universitetlaridan arizalar, ishlaydigan migrantlar ish beruvchilaridan arizalar bilan patent va migratsion qaydni, uzaytirishlari mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya