Maqola

145 18/09/2024

Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini olgan, lekin harbiy ro‘yxatga turmagan xorijliklar haqida ma’lumotlarni harbiy komissariatlardan so‘ramoqda. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

«2024-yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan 1117 nafar fuqarolik olgan sobiq muhojirlar huquqbuzarlik sodir etganliklari sababli Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan mahrum qilindi», – deb yozgan Irina Volk.

Volkning ta’kidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonun va «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni amalga oshirishni boshlagan. O‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgandan keyin harbiy ro‘yxatga turmaganlar fuqarolikdan chiqarib yuboriladi. Shu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi harbiy ro’yxatga turmagan shaxslar haqida ma’lumot olish uchun harbiy komissariatlarga so‘rovlar yubormoqda.

❗️ Eslatib o’tamiz, harbiy ro‘yxatga turishdan bosh tortganlik uchun Rossiya fuqaroligidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonun avgust oyida qabul qilinib, kuchgan kirgan. Avval Rossiya fuqaroligidan chiqarish uchun noto‘g‘ri ma’lumot berganlik, milliy xavfsizlikka tahdid solganlik, og’ir jinoyat yoki harakatlarni sodir etish kabi asoslar mavjud edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya