Maqola

1 206 07/10/2025

Hozir Rossiyada chet elliklar SIM-karta sotib olishda qiynalmoqda. Uni olish uchun ular bankka borishi, barmoq izlari va fotosuratlarini taqdim etishlari, СНИЛС (Individual sug’urta hisob raqami) uchun ariza topshirishlari va “Госуслуги” veb-saytida ro’yxatdan o’tishlari kerak. Butun jarayon bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Shuning uchun ko’plab sayyohlar SIM-karta olmay, faqat bepul Wi-Fi-dan foydalanadi.

Uyali aloqa operatorlari – MTS, MegaFon, VimpelCom va boshqalar Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vazirligiga ushbu qoidalarni soddalashtirish talabi bilan murojaat qildi. Ular sayyohlarga biometrik ma’lumotlarni taqdim etmasdan SIM-karta sotib olishga ruxsat berishni taklif qilmoqda, chunki ular Rossiyaga kirgach, bu tartibdan o’tadi. Shuningdek, SIM-karta faqat sayohat davomida amal qiladi va jo‘nab ketayotganda avtomatik ravishda o‘chiriladi.

FSB maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning birinchi olti oyida Rossiyaga 629 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 7,6 foizga koʻpdir. Mutaxassislarning fikricha, agar qoidalar soddalashtirilsa, sayyohlarning yarmiga yaqini Rossiya sim-kartalarini sotib olishni boshlaydi. Bu uyali aloqa operatorlariga yiliga qo’shimcha 1,5 milliard rubl olib keladi.

Bu tashrif buyuruvchilar uchun ham qulay: ular qog‘ozbozlikka vaqt sarflamaydi, muloqot qulayroq bo‘ladi, internetdan foydalanish va hech qanday muammosiz qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya