Maqola

657 07/10/2025

Rossiya qurilish sanoatida ishchi kuchi tanqisligi kuchayib bormoqda. Yil boshida yetishmovchilik 160 mingga yaqin mutaxassisni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 850 mingga yetishi mumkin, deydi «Всеостройке.рф» portali rahbari va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha dasturchilar alyansi direktori Svetlana Oprishko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kompaniyalar qurilish muddatini cho‘zib yubormoqda, chunki obyektlarda ishlaydigan hech kim yo‘q. Quruvchilarining aksariyati avvallari Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan, ammo hozir qattiq migratsiya qonunlari tufayli ishlab chiquvchilar garchi qimmatroq bo‘lsa ham Bangladesh, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ishchi qidirmoqda.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ishchi kuchi tanqisligi muhojirlarga qarshi yangi choralar bilan bog‘liq. 2024-yilda Davlat Dumasi chet elliklarni ishga olishni cheklovchi 10 dan ortiq qonun qabul qildi. Gumonlanuvchilar Tojikiston fuqarolari ekani aytilgan Crocus City Halldagi terakt bahona bo‘ldi.

Bundan tashqari, Mehnat vazirligi qurilishda chet ellik ishchilar ulushini yanada kamaytiradigan loyiha tayyorlamoqda. Rasmiylar migrantlar taqchilligini qisman qoplash uchun qurilish universitetlari bitiruvchilarini uch yillik ishga joylashtirish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda.

Qurilish kompaniyalarining o‘z loyihalarini vaqtida yakunlay olmasligi uy-joy narxi oshishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya