Maqola

220 05/06/2024

Mash nashriga ko‘ra, bularning barchasi ish haqining pastligi, migrantlar ketishi va ehtiyot qismlar yetishmasligi bilan bog‘liq.

Yuk mashina haydovchilarining so’zlariga ko’ra, kompaniyalar vakillari oylik ish haqini 120 foizga oshirishga va’da berishgan, biroq haqiqatda maosh atigi 50 foizga oshgan. Va’da qilingan 220 ming o’rniga haydovchilar 150 ming oladi. Ko’pchilik o’z yuk mashinalarida ishlaydi va ularni o’z hisobidan ta’mirlaydi. Ularning aksariyati ehtiyot qismlarni Xitoydan nusxalarini buyurtma qilishlari va kutishlari yoki narxi qimmat bo‘lgan asl nusxalarini sotib olishlari kerak. Shu sababli, deyarli butun maosh mashinaga sarflanadi.

Haydovchilar boshqa ishlarga o‘tib keta boshladi. Ayrimlar maxsus harbiy operatsiya  zonasidagi askarlarga yoqilg‘i tashiydi. Rossiya Federatsiyasida 600 ta avtomobil parkiga ega o’nlab kompaniyalarga kerakli miqdordagi mutaxassislar yetishmayapti. Hatto o‘tgan yozda chet ellik mutaxassislar oqimi ko‘paygani ham transport sohasini saqlab qololmadi. Hozir Rossiyada migrantlar uchun hujjat olish qiyinlashgani sababidan ko’pchilik o’z vataniga qaytib ketmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya