50 21/04/2024

Rossiyaning ayrim hududlari 9-may kuni Gʻalaba paradini o‘tkazishdan bosh tortdi. Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar aynan qaysi hududlarda bekor qilindi va nima uchun?

Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin bu yil viloyatda 9-may sharafiga Gʻalaba paradi va mushakbozlik o‘tkazilmasligini aytib, bu fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu qaror Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarini tabriklashni bekor qilmaydi. Busargin bu masalada ko‘ngillilar va ijtimoiy faollar viloyat hokimiyatiga an’anaviy tarzda yordam berishini aytgan.

Qrim Respublikasida harbiy parad o‘tkazilmaydi, “O‘lmas polk” korteji ham bekor qilindi, degan viloyat rahbari Sergey Aksenov. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar xavfsizlik nuqtai nazaridan bunday qarorga kelgan.

Aksenov, qrimliklar unutilmas sanani e’tiborsiz qoldirmasligi va faxriylarga albatta hurmat bajo keltirishini qo‘shimcha qilgan.

Rossiyaning yana olti mintaqasi Gʻalaba kunini nishonlashni bekor qilgan. Qaror ehtimoliy teraktlar va Ukraina dronlarining hujumlari xavfi tufayli qabul qilingan.

Mash telegram-kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Belgorod, Bryansk, Pskov, Ryazan va Kursk viloyatlarida, shuningdek, Sevastopolda paradlar va mushakbozliklar to‘xtatilgan. “O‘lmas polk” aksiyasi, xuddi Komi, Chita, Trans-Baykal o‘lkasi va Nijniy Novgorod viloyatidagidek onlayn formatda o‘tkaziladi.

Davlat Dumasi bu haqda qanday fikrda? 

Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Svetlana Jurova Rossiyaning ayrim hududlari xavfsizlik nuqtai nazaridan 9-may kuni Gʻalaba paradini o‘tkazmaslikka qaror qilganini va mintaqa rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ehtimoliy provokatsiyalarni istisno qilmasligini tan oldi.

Moskvada parad bo‘lib o‘tadi. Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning xabar berishicha, unda to‘qqiz mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirga aviatsiya ham jalb qilinadi.

Gʻalaba paradining yakuniy repetisiyasi 5-mayga rejalashtirilgan. Gʻalabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tadbir 9-may kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация