Maqola

275 10/05/2024

Sankt-Peterburg mehnat bozorida Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan ishchilar soni keskin kamaygan. Migratsiya kun tartibi va kadrlarni yollash bo‘yicha ekspert Andrey Kladovning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy poytaxtda muhojirlar kamligidan savdo, sanoat va qurilish sektorlari rahbariyati ko‘proq shikoyat qilmoqda.

“2024-yil aprel oyi boshidan buyon Sankt-Peterburg mehnat bozorida Tojikistondan murojaat etuvchilar soni 60 foizga, O‘zbekistondan esa 40 foizga kamaydi”, — degan ekspert.

Shu bilan birga, mehnat migrantlarining ishlash uchun murojaatlari umumiy oqimi, aksincha, 2023-yil apreliga nisbatan ikki baravar ko‘paygan. Kelayotganlar orasida eng mashhur ish o‘rinlari – bu kassirlar, kurerlar, savdo konsultantlari va ombor ishchilari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika aholisiga Rossiyaga borishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilgan va Rossiya elchisiga Tojikiston fuqarolarining Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan holatlar yuzasidan xavotir bildirgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya