O’zbekistonlik 4 nafar voyaga yetmagan bolalar 2 oy davomida Yekaterinburgning migrantlar qamoqxonasida qolayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Migrant.uz tahririyati holat yuzasidan bolalarning onasi bilan suhbatlashdi.
5 yil avval Rossiyaga ishlashga kelgan andijonlik Malikaxon Temirova 3 marta patent olgan va 2024-yilga kelib esa sog’lig’idagi muammolar tufayli patent qila olmagan. Mart oyida politsiya xodimlari ayolning hujjatlari yo’qligini bilib, deport bo’yicha sudga xabar beradi. 22-mart kuni Malikaxonning sudi bo’lib o’tadi. 2 oy davomida spespriyomnikda turgangan keyin, 17-may kuni Yekaterinburg-O’zbekiston reysiga farzandlari bilan uchib ketishni maqsad qiladi.
»48 ming 300 rublga 5 ta bilet olib, Koltsovo aeroportiga borgan vaqtimiz, qandaydir «mashenniklar» tomonidanmi bilmadim, meni nomimga Sankt-Peterburgdan 30 ming 500 rubl jarima chiqdi. Meni sudga berishgandi. Men hech kimdan pul olmaganman, kredit olishni ham bilmayman. 4 ta farzandim bilan ajrashganimga 4 yildan oshdi, yolg’iz onaman. Aeroportdagilarga aytdim, men Sankt-Peterburgga bormaganman, 5 yildan beri Yekaterinburg shahrida yashaganman dedim, ular esa qonun bo’yicha ish ko’rishini aytdi. Bundan tashqari, 2500 rubl shtrafingizni ham to’lamagan ekansiz, deyishdi. Men ularga sudya rekzivit qog’ozdagi raqamni xato berganligini aytganimda, ular ham buni tasdiqlashdi. Bu masalani to’g’rilatishimni aytishdi», — deydi Malikaxon.
Qaytadan spespriyomnikka kelib tushgan o’zbekistonlik muhojir ayol konsullikdan yordam ololmagach, tahririyatimizga murojaat qilgan. Avvalroq konsullik bu oilaga bilet uchun 29 ming 000 rubl(3 ta bilet uchun) yordam qilgandi. Bundan tashqari suhbat davomida muhojir ayol 30 ming 500 rubl jarimani bo’yniga olishga majbur bo’lganini, chunki sudlashib vaqt ketkazishni istamaganini ha, ma’lum qildi.
»Maktab yoshidagi bolalar shundoq ham 2 oydan beri bir xonada qamalib qiynalib qolishgan. Qizim isitmalayapti, gripmi yo ichidan siqilyaptimi, bilmadim. Bu yerdan tashqariga chiqishmaydi, o’qishmaydi, kechqurun telefonlarni olib qo’yishadi, ovqatlari ataladay, na go’shti, na mazasi bor», — deydi Malikaxon.
Jurnalist: Bolalar qanday spespriyomnikka borib qoldi?
Muhojir ayol: Sudga faqat o’zimni olib kirishdi, men ularga yolg’iz ona ekanligimni, bu yerda hech kimim yo’qligini, O’zbekistonda ham birorta turar joyim yo’qligini aytdim. »Farzandlarimni shu yerda o’qitishni xohlab olib kelganman» dedim. Sudya bolalarimni so’radi, taksidan borib ularni olib keldim. Sudya ularni ko’rganidan keyin sudni eshitishmasin deb zaldan chiqarib yubordi. Keyin esa qarorda faqat meni deport qilgan, bolalarim ko’rsatilmagan. Lekin spespriyomnikka bolalarim bilan birgalikda olib ketishdi. Bolalarim: o’g’lim 16 ga kirgan, qizim 13 ga kirgan, qolgan ikki o’g’illarimdan biri 11 yosh, biri 8 yosh. Ular maktabda o’qishdan qolyapti. Psixologik zarar ham ko’rishyapti.
Suhbat davomida muhojir konsullikdan yordam berilmayotganidan noroziligini bildirib, yo’qolgan pasportini 2 oy degan olib kelib berishganini ham ta’kidladi:
— Men ularga bog’lansam, meni ayblashdi, kuting deyishdi, aytishicha, mendan boshqa minglab odamlar bor emish. Mendan ham holi xarobi bormi? Odamlar kartamga pul tashlashib yordam qilishdi, 21 ming rubl yig’ildi, ishlatmay o’tiribman, bilet olib chiqib ketaylik deyapmiz.
Jurnalist: — O’sha pullarga u -bu yegulik olishning iloji bormi?
Muhojir: — Bu yerda andijonlik bir oshpaz ishlaydi. Uning kartasiga pul tashlab bersak, deylik, 1500 tashlasak, 1200lik bozorlik qilib beradi. Masalan, halol sosiska, 10-15 ta rolton, shakar olib kelib beradi, ovqatlariga aralashtirib, tejab ishlatib turibmiz.
Moskvadagi yurist Zarnigor Omonillayeva Yekaterinburgdagi konsullik bilan Malikaxon Temirovaning ishi yuzasidan suhbat o’tkazdi. Konsullik xodimlari so’zlariga ko’ra, muhojir ayolga biletlar olish masalasini ko’rib chiqqan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi esa pasportlarini qaytarish bo’yicha amaliy yordam bergan. Faqat masofa uzoq bo’lgani uchun va tashkiliy ishlar vaqt olgani sababli pasportni olib kelib berish biroz cho’zilgan. Bundan tashqari, agar Malikaxonni jarimalari borligi haqidagi ma’lumot konsullikka avvalroq aytilganda, ular avval pul to’lab keyin bilet olib bergan bo’lardik, degan fikrni aytgan. Konsullik endilikda Malikaxon va uning farzandlari uchun qaytadan yordam tashkil qilishmoqchiligini, avval spespriyomnikdan aeroportgacha yetkazib qo’yish, keyin esa ketish biletlari bilan takroran ta’minlamoqchiligini aytib o’tgan.
21-may kuni Malikaxon Temirova Rossiyadagi o’zbeklar ko’magida o’z nomidagi qarzlarini to’ladi va to’lov qog’ozlarini bizga yubordi. Uning butun umidi bolalarini bu yerdan tezroq olib ketish ekanligini ko’rishimiz mumkin.