Rossiyada migratsiya markazlari xodimlari migrantlar huquqlarini buzganliklari uchun jazolanishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasining qo‘mita a’zolari migrantlar huquqlarini buzgan migratsiya markazlari xodimlarini javobgarlikka tortish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishni tavsiya etdi, deb xabar bermoqda «Парламентская газета». Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasi hali kuchga kirmagan. Biroq, unga e’tibor qaratish va rivojlanishini kuzatib borish ahamiyatli, chunki bu kabi qonun Rossiya tarixida...

O‘zbekistonlik muhojirlar Rossiya o‘rniga ko‘proq Qozog‘istonni tanlamoqda

O‘zbekiston fuqarolari ishlash uchun Rossiya o‘rniga Qozog‘istonni ko‘proq tanlay boshladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri O‘zbekiston Migratsiya Agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar bergan. Agentlik o‘zbekistonlik chetga chiqayotgan mehnat muhojirlari sonining keskin kamayishini qayd etgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshiga qadar chet elga ishlash uchun 1,35 million fuqaro ketgan. Bu o‘tgan yilgi...

Ish beruvchilarning «qora ro’yxati»: Rossiyada ishchilar huquqini himoya qiluvchi reyestr paydo bo’ldi

2025-yil 1-yanvardan boshlab “Роструд” ish faoliyatini noqonuniy ravishda tashkil etgan ish beruvchilar reyestrini ishga tushirdi. Ushbu reyestr mehnat munosabatlarini shaffof qilish va mehnat qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish maqsadida yaratilgan, deyiladi idoraning rasmiy veb sahifasida. Reyestr ochiq bo‘lib, istalgan kishi noqonuniy ravishda ishchilarni yollagan ish beruvchilar haqida ma’lumot olishi mumkin....

Rossiyada qamalgan mahbuslar o‘z vataniga qaytarilishi mumkin

Rossiya qamoqxonalaridagi markaziy osiyolik muhojirlar va ularning yaqinlari Migrant.uz bilan bog‘lanib, musofirlikda qamalib qolgan hamyurtlarimizga jazoning qolgan muddatini o‘z vatanlarida o‘tash taklif etilayotgani haqida ma’lum qildi. Muxbirimiz bunday taklif tafsilotlari bilan tanishib, Rossiya qamoqlarida bo‘lgan o‘zbekistonliklar qolgan jazo muddatini o‘z vatanida o‘tash imkoniyati mavjudligiga aniqlik kiritdi. Anvarbek (ismi o‘zgartirilgan)...

Migrant maslahati uchun rahmat o‘rniga o‘q yedi

17-yanvar kuni kechqurun Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanida yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida janjal kelib chiqqan. Huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan 19 yoshli yigit ishchi va uning tanishi bilan janjallashib qolgan. Yigit yo‘l qoplamasini yotqizish bo‘yicha bir qancha maslahatlar bergani ishchilardan birining noroziligiga sabab bo‘lgan....

Muhojirlar ketdi, ko‘cha tozalash maktab o‘quvchilariga qoldi

Yekaterinburgda kadrlar yetishmasligi va migrantlarning ketishi tufayli maktab o‘quvchilari ko‘chalarni tozalashga jalb qilingan. Bu haqda shahar ma’muriyatining obodonlashtirish qo’mitasi raisi Tamara Blagovatkova OTV efirida ma’lum qildi. – Haydovchilar, mexanizatorlar, oddiy yo‘lchilar yetishmaydi. Nima uchun: birinchidan, bu juda yuqori malakali ish emas. Bu yerda siz hech qanday maxsus ma’lumotga ega...

Tramp inauguratsiyadan so‘ng muhojirlarga qarshi keng qamrovli reydlar boshlaydi

Bu haqda Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar bermoqda. Birinchi maqsad Chikago shahri bo‘ladi. Reyd seshanba kuni ertalab, inauguratsiyadan keyingi kuni boshlanib, bir hafta davom etadi, deb yozadi WSJ. AQShning Muhoirlik va Bojxona xizmati operatsiyani amalga oshirish uchun 100 dan 200 gacha xodimni jalb qiladi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp...

Moskvadagi «Принц Плаза» savdo markazida migrantlarga reyd o‘tkazildi

Politsiya Rosgvardiya bilan birgalikda o‘nlab muhojirlarni hibsga oldi, deb yozadi “Baza” telegram kanali. Muhojirlar avtozaklarga o‘tkazilib, hujjatlarni tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Migrantlar ushbu reydning videolarini tojikzabon Parviz TV kanaliga ham yuborgan. Videoda bir tarafdan boshqa tarafga yugurayotgan muhojirlar, vaziyatni “ОМОН” bosdi deb izohlayotgan ayolni ko‘rish mumkin. Migrant.uz...

Xorijda «xol qo‘ygan» o‘zbekistonliklar…

Bugun ish, o‘qish yo sayohat maqsadida xorijga chiqish yangilik emas. O‘zbekiston hududida yursangiz, siz fuqaro “Falonchi Pistonchiyev”siz. Vatan chegarasidan chiqishingiz bilan esa “o‘zbekistonlik “Falonchi Pistonchiyev”ga aylanasiz. Ya’ni nomingiz butun bir mamlakat bilan tamsil qilanadi, maqomingiz o‘zgaradi. Har bitta harakatingiz aynan shu maqom prizmasi bilan baholanadi. Soddaroq aytganda, xorijda siz...

2025-yil qaysi lavozimlarda migrantlar yuqori maosh oladi?

2025-yilda yuqori malakali migrantlar orasida eng yuqori maosh oyiga 380 ming rubl bo‘ladi. Bu haqda «RBK» tomonidan tahlil qilingan, 9-dekabrda qabul qilingan Mehnat vazirligining «Rossiya Federatsiyasiga viza asosida kelayotgan chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun kasblar (mutaxassisliklar, lavozimlar) ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘idan ma’lum bo‘ldi. Bunday maoshni boshqaruv raisi oladi....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya