Rossiyaga ishlashga borayotganlar uchun muhim qoida va eslatmalar

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan bo‘lsangiz Rossiyaga kirish, u yerda bo‘lish va ishlash qoidalarini o‘rganib qo‘yishingiz juda muhim. Bu sizni aldovlardan, noqonuniy ishlardan va kutilmagan muammolardan himoya qiladi. Ishga ketishdan oldin boriladigan joy, u yerdagi sharoitlar, potensial ish beruvchi va mehnat shartlari haqida ma’lumot yig‘ing. Ish beruvchi tashkilot rasmiy faoliyat...








