Nijniy Novgorod aeroportida noqonuniy muhojirlarga yordam bergan politsiya xodimlari qo‘lga olindi

Nijniy Novgorod aeroportida politsiya xodimlari va bir necha mahalliy aholi qo‘lga olindi. Ular noqonuniy migrantlarning Rossiyadan jazosiz chiqib ketishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda 6 iyun kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda 2024-yildan 2025-yilgacha ishlagan guruh qonunni buzgan muhojirlarni pul evaziga mamlakatdan xavfsiz chiqib...







