Migrantlar ko‘proq soliq to‘lamoqda

Rossiyada patent asosida ishlaydigan migrant ishchilar tomonidan to‘langan avans soliq to’lovlari oshdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy ishchilar 2025-yilda byudjetga 172 milliard rubl to‘lagan. Bu o’tgan yilga nisbatan taxminan 39% ga ko’p. Patent asosida ishlaydigan migrantlar Rossiyada NDFL solig’i bo’yicha oylik oldindan belgilangan to’lovni to’lashlari shart. Ushbu to’lov...

Migrantlar uchun tibbiy sug’urta bo‘yicha sud qaror qildi

Rossiyada migrantlar uchun tibbiy yordam masalasi yana bir bor muhokama qilinmoqda. Bunga Qirg’iziston murojaat qilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) sudining qarori sabab bo’lgan. Mamlakat Rossiyadagi fuqarolari va ularning oila a’zolariga bepul majburiy tibbiy sug’urta (ОМС) polislari berilishini talab qilgan edi. Biroq, sud Rossiya migrant oilalarga avtomatik ravishda bunday polislarni...

Diqqat: pul o‘tkazishda ehtiyot bo‘ling!

Qozonning Sovetskiy tuman sudi Shuhratjon Albekovga qarshi jinoyat ishini ko’rib chiqa boshladi. U ekstremistik tashkilotni moliyalashtirishda ayblanmoqda. Tergovchilarning so’zlariga ko’ra, 2021-yilda Albekov Rossiya rasmiylari ekstremistik deb topgan “ФБК” tashkilotiga 1000 rubl o’tkazgan. Xabarlarga ko’ra, u bu pul o’tkazmasini Aleksey Navalniy bilan bog’liq YouTube kanalida videoni ko’rgandan keyin amalga oshirgan....

Max ilovasi o‘zbekistonliklar orasida ommalashmoqda

Rossiya hududida ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatiga cheklovlar qo‘yilishi mehnat muhojirlarini o‘z yaqinlari bilan aloqa qilishning yangi yo‘llarini izlashga majbur qilmoqda. Buning natijasida Max ilovasi qisqa muddat ichida misli ko‘rilmagan darajada ommalashib, O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olingan dasturlar reytingida keskin yuqoriladi. Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, ushbu ilova bir...

Yoqimsiz hid uchun jarima solinishi mumkin

Rossiyada kvartirada yashovchilar uylaridan kuchli yoqimsiz hid chiqsa va qo’shnilar bu haqda shikoyat qilsa, jarimaga tortilishi mumkin. Buni Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Davlat va shahar moliyasi kafedrasi dotsenti Olga Leonova izohlagan. Leonovaning so’zlariga ko’ra, agar kvartiradan chiqadigan hid sanitariya me’yorlarini buzsa va qo’shnilarni bezovta qilsa, mulk egasi javobgarlikka...

Rossiyada migrantlarni ishdan bo’shatish osonlashtirildi

Rossiyada 1-martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, agar mintaqa migrantlarni yollashga cheklov yoki kvotalar qo’ysa, ish beruvchilar xorijiy ishchilarni ishdan bo’shatish huquqiga ega. O’zgarishlar Mehnat kodeksiga kiritildi. Ilgari xorijiy ishchi faqat federal qonunlar, prezident farmonlari yoki hukumat qoidalari bilan belgilangan sabablarga ko’ra ishdan bo’shatilishi mumkin edi. Endi...

Telegram xavf ostida: messenjer bloklanishi mumkin

Hukumat Telegramni blokirovka qilish muddatini belgilab oldi. Tegishli idoralar ichidagi muhokamalardan xabardor bo’lgan RBC manbasining so’zlariga ko’ra, messenjer aprel oyining boshida bloklanishi mumkin. Kremlga yaqin ikkita manbaning aytishicha, qaror allaqachon qabul qilingan. Buning sabablari orasida oxirgi paytlarda Telegram orqali noqonuniy faoliyat uchun odamlarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni yollash holatlarining ko’paygani...

Kogonda Ukrainada jang qilgan fuqaro qamaldi

So‘nggi yillarda chet davlatlarda ishlab yurgan ayrim migrantlar oson va katta pul topish ilinjida o‘zi va yaqinlariga zarar keltiruvchi xavfli qarorlar qabul qilmoqda. Ayniqsa, urush bo‘layotgan hududlarga borish, o‘sha joylarda jang qilish takliflariga rozi bo‘lish holatlari ko‘payayotgani tashvishli. Va’da qilinayotgan katta maosh, imtiyoz va fuqarolik haqidagi gaplar ko‘pincha odamlarning...

Rossiyada taxminan 840 ming noqonuniy migrant bor

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Davlat Dumasiga Vazirlar Mahkamasi hisobotida Rossiyada taxminan 840 ming migrant noqonuniy yurgani haqida ma’lum qildi. «6-fevral holatiga ko’ra, ularning soni taxminan 840 ming», dedi u, o’tgan yili Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuritiladigan, Rossiyada noqonuniy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni o’z...

Rossiya chet elliklarni urushga yollashni chekladi, biroq…

Ilgari chet elliklarni Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun shartnoma tuzishga faol taklif qilgan rossiyalik yollovchilarga bir necha mamlakatlar eslatilgan «qora ro‘yxat»ni berishdi, deb xabar bermoqda «Vajniye novosti». 2026-yil yanvar oyi boshida fuqarolariga Rossiya Qurolli Kuchlari bilan shartnomalar imzolash taqiqlangan 36 ta mamlakat ro‘yxati tarqatildi. Ushbu ro‘yxatga asosan Afrika va...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya