Rus qizlarini «natashka» deb atagan bloger uy qamog‘idan keyin «СИЗО»ga yuborildi

Asl ismi Salmon Rajabzoda bo‘lgan bloger Jumaboy, millatlararo adovat qo‘zg‘atgani uchun tergov izolyatoriga yuborildi. Ilgari u uy qamog‘ida saqlangan edi, deb yozadi «Kommersant» nashri. Eslatib o‘tamiz, tojik blogeri Jumaboyga nisbatan rus qizlarini «natashkalar» deb atagani va barcha rus qizlar «bizniki bo‘ladi» degan videosidan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu...

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘lini yaqinlari qidirmoqda

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘li 1997-yilning 1-iyulida Andijonning Marhamat tumanida tug‘ilgan. Hamyurtimiz bir necha marta Rossiyaga kelib, ishlab ketgan. Oxirgi marta Rossiyaga ishlashga kelib, qurilish korxonasida mehnat qilayotgani haqida oilasiga xabar bergan. Yaqinlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Abduvohid oxirgi marta Rossiyaga kelganida patent rasmiylashtirmagan. Shuning uchun oylik migratsion qaydi (registratsiyasi) tugashiga yaqin...

Rossiyada koronavirusning yangi varianti tez tarqalmoqda

Rossiyada «ХЕС» deb nomlangan yangi koronavirus varianti tez tarqalmoqda, uning simptomlari «omikron»ning boshqa subvariantlariga o‘xshash. “XEC” — bu FLiRT nomli omikronning avvalgi ikki subvariantining qorishmasi, deb tushuntirmoqda idora. Yangi virus simptomlari avvalgi koronavirus belgilariga o‘xshash: isitma, tomoq og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i, yo‘tal, hid va ishtaha yo‘qolishi, charchoq va burun...

Transport sohasidagi yangiliklar

Xo‘jandga avtobus reysi ochildi Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Olmaliq – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni «Olmaliq Isuzu Trans» korxonasi amalga oshirmoqda. Avtobuslar Olmaliq avtovokzalidan har kuni soat 7:00 da jo‘nab ketadi. «Rossiya temir yo‘llari» korxonasi O‘zbekistonda...

Rossiya fuqaroligini olib, harbiy ro‘yxatga turmaganlarni Ichki ishlar vazirligi izlashni boshladi

Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini olgan, lekin harbiy ro‘yxatga turmagan xorijliklar haqida ma’lumotlarni harbiy komissariatlardan so‘ramoqda. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. «2024-yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan 1117 nafar fuqarolik olgan sobiq muhojirlar huquqbuzarlik sodir etganliklari sababli Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan...

“MAZ” avtozavodidagi o‘zbek ishchilari nimadan norozi?

“Assalomu alaykum, musofirchilikda yurgan o‘zbek aka-ukalar va opa- singillar! Barchalaringiz sog‘-salomat yuribsizlarmi? O‘zbekiston Migratsiya vazirligi chet el davlatlari bilan ish va ish joylari, xalqimiz uchun yaxshi bitimlar va shartnomalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Bu xabarlarni o‘qib, xursand bo‘lasan kishi. Lekin “afsusdaman”, deb og‘ir vaziyatlarga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz ham oz emas....

Aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi kutilmoqda

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda. Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya...

Muhojir deputat Bahromjon Hasanov vakolatlaridan voz kechdi

Moskva oblastining Pushkinskiy shahar dumasiga deputatlar saylovida g‘olib chiqqan Bahromjon Hasanov shahar kengashining birinchi majlisida vakolatlaridan voz kechdi. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida Pushkinskiy shahar okrugi Deputatlar Kengashi raisi Artyom Sadulaning Bahromjon Hasanov arizasini o‘qib eshittirayotgan videosi tarqalmoqda. «Deputatlar Kengashiga Hasanov Bahromjon tomonidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish to‘g‘risida...

“Vagner”da xizmat qilgan o‘zbekistonlik sudlandi

Gazeta.uz saytining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yollanma askarlik qilgani uchun 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi. Maʼlumotlarga koʻra, erkak 2022-yil sentabr oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, oilasiga kvartira sotib olish uchun pul ishlab olishni...

Rossiyada qamalganlarga jazoni o‘z vatanlarida o‘tash taklif qilinmoqda

Rossiyadagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan xorij fuqarolariga qolgan muddatni o‘z yurtlarida o‘tash uchun ariza topshirish taklif etilmoqda, deb yozadi «Важные истории» nashri. Nashr mazkur ma’lumotni inson huquqlari himoyachisi Ivan Astashin va Mordoviyadagi IK-17 muassasasidagi vaziyat bilan tanish manbaga tayangan holda ma’lum qilgan. «Важные истории» nashrining fikricha, Federal jazoni ijro...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya