Muhojirlarga oilalarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlashmoqchi

Yaqin kelajakda mehnat muhojirlari yangi cheklovlarga duch kelishi mumkin, jumladan, oilalarini Rossiyaga olib kelishlari taqiqlanishi mumkin. Bu masala bo’yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda, deb yozadi «Федерал Пресс» nashri. “Ishlash maqsadida kirgan har bir kishiga QR-kod beriladi, u orqali muhojirning barcha harakatlari, hattoki, qancha pul o‘tkazganigacha kuzatish mumkin bo’ladi”, — deydi...

Politsiyaga ham “выдворение” qilish huquqi berilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi, yakuniy oʻqishda ichki ishlar organlariga chet elliklarni Rossiyadan maʼmuriy ravishda chiqarib yuborish (выдворение) toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Qonun kuchga kirsa mehnat muhojirlarini politsiya xodimlari ham deportatsiya qila oladi. Hozirgi tartibga ko’ra, muhojirlarni faqat sud ma’muriy ravishda Rossiyadan...

2023-yilda Rossiyaga kelgan muhojirlar soni kamaydi

2023-yilda Rossiyaga xorijdan kelgan muhojirlar soni 2022-yilga nisbatan 23 foizga kamaygan – 560,4 ming kishi. Bu mamlakatga 482 ming xalqaro migrant kirgan 2013 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Bunday ma’lumotlar Rosstatning “Rossiya Federatsiyasi aholisining soni va migratsiyasi” byulletenidan olindi. 2023-yilda Rossiyaga, asosan, Tojikiston va Qirg‘izistondan migrantlar kelgan. Ukraina, Armaniston...

Kirdi-chiqdi qilish mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Tailand qo‘shildi

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman 60 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi. “Dunyo” axborot agentligining xabariga ko‘ra, joriy yilning 15-iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati O’zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar uchun amal qiladi. Jumladan, Rossiya...

Rossiyada Mustaqil migratsiya xizmatini yaratish taklif qilinmoqda

«Справедливая Россия – За Правду» partiyasi rahbari Sergey Mironovning aytishicha, migratsiya sohasidagi politsiyachilarning korruptsiyasini hisobga olib Ichki ishlar vazirligan mustaqil ishlaydigan yangi Migratsiya xizmatini tashkil etish kerak. Uning fikricha bir-biridan mustaqil bo’lgan turli tuzilmalar migratsiya siyosatini olib borishi va amalga oshirilishini nazorat qilishi samarali yechimdir. Parlament a’zosi noqonuniy migratsiya...

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar uchun eslatma e’lon qildi

Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish va deportatsiya qilish holatlari ko’payishi munosabati bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini migratsiya qonunchiligiga qat’iy rioya qilish va quyidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga chaqiradi: ❌ barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish (daktiloskopiya) va suratga olishdan o‘tmaslik; ❌ xavfli kasalliklar mavjudligi va giyohvand moddalari bo‘yicha har yili...

Endi “Уведомление”ni “Saxarovo”ning o‘zida topshirish mumkin

Endi patent olgandan keyin 2 oy ichida “МВД”га topshiriladigan ish joyingiz haqidagi «уведомление»ni “ММЦ Сахарово” topshirish mumkin. Joriy yilning 8-iyulidan boshlab “Saxarovo”dagi Migratsiya markazida Xorij fuqarolarining mehnat faoliyatini olib borayotgani haqidagi bildirishnomani topshirish mumkin. “Уведомление”ni “Saxarovo”da topshirish uchun onlayn ravishda avvaldan qabulga ushbu havola orqali yozilish mumkin “Уведомление” “Saxarovo”da...

Krasnodarda ota-onalar va muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi

Krasnodarda bolalar maydonchasida ota-onalar va muhojirlar ishtirokida janjal kelib chiqdi. Politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar bergan Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi. Politsiyaga Krasnodarning Lavochkin ko‘chasidagi bolalar maydonchasidagi janjal haqida bir nechta qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Mahalliy telegram kanallarning xabar berishicha, muhojirlarning farzandlari bolalar maydonchasida o‘ynashayotgan mahalliy bolalar bilan...

Voronej politsiyachilari dachalarda migrantlarni tekin ishlatgani aniqlandi

Voronej oblastida politsiya xodimlari muhojirlar bilan noqonuniy kelishuvga erishgani aniqlandi, deb yozmoqda “Baza” telegram kanali. Chet elliklardan biri – 52 yoshli Rahimjon hamyurtlarini politsiyachilarning yozgi dala hovlilariga tekinga ishga jo‘natganini, buning evaziga politsiya xodimlari migrantlarning hujjatsiz yurishiga e’tiborsiz bo‘lganini aytib bergan. 24-iyun kuni Rahimjonga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik...

O‘zbekistonlik muhojir qurilayotgan binodan yiqilib tushdi

Leningrad oblastining Vsevolojsk tumanida 2-iyul, seshanba kuni 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda Vsevolojsk shahar kasalxonasiga yetkazilgan. U soat 19:00 atrofida Yanino-1 qishlog‘idagi Zavodskaya ko‘chasida qurilayotgan uyning birinchi qavatidagi chuqurdan balandlikdan yiqilish alomatlari bilan topilgan. Muhojir turar-joy binolarini qurish bilan shug‘ullanadigan “Gefest” kompaniyasida ishlagan. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda uchinchi...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya