Migratsiya markazida navbatlardan tez o‘tish uchun nima qilish kerak?

Bunday issiq havoda odamlar gavjum, havo yaxshi aylanmaydigan joylarda ko’p qolmaslik juda muhim. “Saxarovo”da navbatlar uzun, u yerda odam ko’p bo‘lishini bilmaydigan muhojir bo’lmasa kerak. Uzoq navbatda turmaslik va hujjatlarni tez topshirish uchun oldindan qabulga yozilib borish kerak. Oldindan yozilib bormaganlar kamida 3-4 soat qolib ketadi. Oldindan qabulga yozilganlar...

“Выдворение”ni jarimaga qanday qilib almashtirish mumkin?

2024-yilning 5-yanvaridan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra endi sudlar migrantga qo‘llaydigan “выдворение”ni jarima yoki majburiy ish soatlariga almashtirishi mumkin. Migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun sudlar taqiq o‘rniga jarima qo‘llashda quyidagi asoslarga tayanadi: Migrantning Rossiyada: 🔸 oilasi bormi; 🔸 soliqlarni to‘lab boradimi; 🔸daromadi va mehnt faoliyati rasmiy va...

“ЛДПР”ning ishonch telefoni: yangi siyosiy o’yinmi?

Jirinovskiyning izdoshlari muhojirlarga qarshi kurashishni o‘zining eng birinchi maqsadi deb biladi, shekilli. Partiya rossiyaliklar uchun ishonch telefoni tashkil qilib, muhojirlarning qayerda ishlayotgani, ularga qalbaki hujjat berganlar, migrantlarni ro‘yxatga qo‘yganlar haqida xabar berishni taklif qilmoqda. Bunga liberal-demokratlar go‘yoki migrantlar orasida jinoyatchilikning ko‘payganini sabab qilib ko‘rsatgan. «ЛДПР» yetakchisi Leonid Slutskiy yaqinda...

Chet elliklar uchun barmoq izlarini olish qoidalari yangilandi

2024-yil 23-iyundan boshlab xorijiy fuqarolar uchun barmoq izini majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va suratga olishning yangi qoidalari kuchga kiradi. Endi bu tartiblar Rossiya Federatsiyasiga kirishdan oldin migrantning o‘z vatanida bajarilishi mumkin. Bunday holda, Rossiyaga kelgandan so’ng, tasdiqlovchi hujjat beriladi. Shuningdek, fotosuratlar har besh yilda bir marta olinishi kerakligi belgilangan....

Nevskiyda fojia: ota-onaning beg‘amligi sabab bolani mashina urib yubordi

Nevskiy tumanida rolikli konkida uchayotgan besh yoshli bola kutilmaganda yo‘l qismiga chiqib ketdi va uni mashina urib yubordi. Voqea Belishev ko‘chasidagi 8-uy yaqinida, bolant nazoratsiz qoldirgan ota-onaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola ota-onasining yonida rolikda uchayotgan va to‘satdan piyodalar o‘tish joyidan katta yo‘lga tushib ketgan. O‘sha...

Patent topshirishga borganda pasportning orqasiga “О.П.” belgisi qo‘yilmoqda. U nima degani?

Migratsiya markazining barmoq izlari oladigan xodimlari ayrim muhojirning pasporti orqasiga qo‘lda (“О.П.”) harflarini yozib qo‘ymoqda. “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha hech kim muhojirlarga rasman tushuntirish bergani yo‘q. Migrantlar orasida “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha turli farazlar bor. Kimdir bu yozuvlar “Отпечатки пальцев” (barmoq izlari)ni anglatishini, kimdir “определенная проверка” (ma’lum...

Krasnoyarskda migrantlar DNK topshirishga majburlandi

Krasnoyarsk o‘lkasida migrantlar ishlaydigan bozorlarda tekshiruvlar bo‘lib o‘tayapti. Shunday bozorlarning birida kuchishlatar tizimi xodimlari 135 nafar migrantni qo‘lga olgan, deb ma’lumot bermoqda Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi. Leninskiy rayonida o‘tkazilgan reyd politsiya va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan va Tojikiston, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston fuqarolari qo‘lga...

Putin muhojirlar haqida nima dedi?

Rossiyada Putinning ketishi, diversantlar va saylov mavzulari ko‘p tarqalayotgan hozirgi kunda Rossiya prezidenti yaxshi kayfiyatda intervyu berdi. Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida migrantlar mavzusida ham fikr bildirib o‘tgan Vladimir Putin avvalgi chiqishlardan farqli o‘laroq, bu safar migrantlar haqida negadir nisbatan yumshoq ohang bilan gapirdi. Bunday ritorika ehtimol migratsiya sohasidagi ijobiy...

Koreyada hujjatsiz yurgan o‘zbekistonliklar deportatsiyasiz ketishi mumkin. Faqat…

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2024-yil 29-fevralgacha ushbu davlatdan deportatsiyasiz chiqib ketishi mumkin. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha Koreyada hujjatsiz yurgan o’zbekistonliklar Koreyadan deportatsiyasiz ketishi uchun Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etishi zarur. Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga...

Bepul kurslarda o‘qib, kasb egasi bo‘ling!

Moskva oblastida JKX sohasida talabgor mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil qilindi. Kurslarni xohlagan barcha, jumladan mehnat muhojirlari ham o‘tishi mumkin. Kursda quyidagi yo‘nalishlarda bepul o‘qish mumkin: slesar-santexnik; avariya-tiklash ishlari slesari; nasos qurilmalari mashinisti. Kursga qabul qilishlari uchun hech qanday talab yo‘q. Fuqaroligingiz, yoshingiz, jinsingiz muhim emas. Patenti borlar...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya