Teg: Украина

“Qotillikda ayblab qamashdi va aldab urushga jo‘natishdi”- Ukrainadagi o‘zbek asiri

Bugungi kunda Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning urush girdobiga tushib qolishi odatiy holga aylanib bormoqda. Ukrainaning “Xochu jit” loyihasi Rossiya armiyasi tarkibida Ukraina bilan urushga kelgan va asir tushganlar haqida ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur urushda 13 000 markaziy osiyolik jang qilmoqda. 12 666 kishining shaxsi aniqlangan. Eng ko‘pi...

“Urushga ketganimni ota-onamga aytmaganman” – o‘zbekistonlik asirning aytganlari

Bugungi kunda Ukrainadagi harbiy asirlar lagerlarida yuzlab markaziy osiyoliklar, xususan, o‘zbekistonliklar tutqunlikda saqlanmoqda. Ulardan biri Chirchiq shahrida tug‘ilgan, so‘nggi yillarda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qilgan 41 yoshli muhojir G‘ulomjon Azizovdir. Yigirma yil Rossiyada mehnat qilgan G‘ulomjon o‘z ishining ustasi sifatida yaxshi daromad qilgan: shaxsiy dala hovlisi, ikkita yengil...

Qabriga xoch qo‘yilgan o‘zbeklar

Rossiyaning Ukrainaga qarshi besh yildan buyon davom etayotgan urushi nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqa, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham og‘ir fojiaga aylandi. BBC Rus xizmati jurnalisti Olga Ivshinaning tadqiqotlariga tayangan holda, ushbu qonli to‘qnashuvning ko‘lamini tahlil qilish mumkin. Bugungi kunda «Mediazona» nashri ochiq manbalar asosida 200 mingdan...

Migrant kutilmagan falokat tufayli urushdan qutulib qoldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida Rossiya Federatsiyasi hududida jazo o‘tayotgan vaqtida yollanib, qo‘shni davlatdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm e’lon qilindi. Va’da qilingan millionlar va ozodlik Sud hujjatlariga ko‘ra, 2001-yilda tug‘ilgan S.B. 2021-yilda ishlash maqsadida Moskvaga borgan. Biroq, 2023-yil oktyabr oyida Rossiya sudi tomonidan giyohvandlik...

Kogonda Ukrainada jang qilgan fuqaro qamaldi

So‘nggi yillarda chet davlatlarda ishlab yurgan ayrim migrantlar oson va katta pul topish ilinjida o‘zi va yaqinlariga zarar keltiruvchi xavfli qarorlar qabul qilmoqda. Ayniqsa, urush bo‘layotgan hududlarga borish, o‘sha joylarda jang qilish takliflariga rozi bo‘lish holatlari ko‘payayotgani tashvishli. Va’da qilinayotgan katta maosh, imtiyoz va fuqarolik haqidagi gaplar ko‘pincha odamlarning...

Ukrainadagi xorijiy ishchilar: ular orasida o’zbeklar ham bor

Ukraina hozirda ish o’rinlari va kadrlar bilan bog’liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Urush, vayronagarchilik va ommaviy ko’chishlar tufayli mamlakatda ishchi kuchi yetishmayapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqtisodiyotning to’g’ri ishlashi va kelajakda tiklanishi uchun Ukrainaga taxminan 4 million qo’shimcha ishchi kerak. Umumiy ishchi kuchi yetishmasligi taxminan 8,6–8,7 million deb baholanmoqda. To’liq ko’lamli...

2025-yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonda yollanma askarlar ko‘plab sudlandi

Qozog‘istonda Rossiya tomonida Ukrainaga jang qilish uchun borgan fuqarolarga qarshi bir yil ichida taxminan 700 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Mediazona «Прощай, оружие» («Alvido, qurol») loyihasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan hisob-kitoblarga tayanib xabar berdi. Qozog‘iston sudlari uchun shaxs “Vagner” safida jang qilganmi yoki Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganmi,...

«Bu bir tomonga chipta»: urush qopqoniga tushib qolgan o‘zbek migranti

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan minglab migrantlar hozirda Rossiya tomonida turib Ukrainaga qarshi urushda jang qilmoqda. Ba’zilari bosim va deportatsiya tahdidi ostida frontda xizmat qilishga majbur bo‘lsa, boshqalari esa pul topish yoki hujjatlarini yaxshilashni o‘ylab shartnoma imzolagan. 2024-yil iyun oyida Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan o‘n minglab...

Aldov bilan urushga olib ketilgan vatandoshimizga yordam berildi

Fuqaro “K.M.” o‘z farzandi “K.R.” bilan bog‘liq holat yuzasidan O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga yozma murojaat yo‘llagan edi. Uning ma’lum qilishicha, o‘g‘li “K.R.” Leningrad viloyati, Kolpino shahridagi tergov hibsxonasida bo‘lgan vaqtda, aldov yo‘li bilan Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari safida xizmat qilish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chektirilgan. Shu bilan birga, ona...

Ukrainadagi urushga majburlangan o‘zbekistonlik: «Ular qochishga uringanlarni otib tashlashadi»

23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Akbar Qurbonov Ukrainadan yuborgan videomurojaatida u urushga aldab yuborilganini aytadi. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya tomonida jang qilish uchun shartnoma imzolashga majbur bo‘lgan. Uning O‘zbekistondagi onasi o‘g‘lini vataniga qaytarishga urinmoqda. Akbar Qurbonov asli Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan. 2024-yil iyun oyida u pul topish uchun Rossiyaga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya