Migrantlarga reydlar butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgandek, go‘yo. Jumladan, Qozog‘istonda ham. Qo‘shni Qozog‘iston politsiyasining xabar berishicha, Satpayev shahrida o‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston va Tojikistondan kelib ishlayotgan 6 nafar fuqaro aniqlanib, deport qilingan.
“Xorij fuqarolari Satpayev shahrida kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmay ishlashayotgani aniqlangan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishlariga qaramay, ishlashda davom etgan va sud hukm qilgan talablarni bajarmay, Qozog‘iston qonunchiligini buzgan”, deyiladi Qozog‘iston politsiyasi xabarida.