629 14/09/2025

Moskvadagi qurilish maydonchasida ishchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mojaro 11-sentabr kuni Akademik Komarov ko‘chasidagi xandaq (transheya) sababli boshlangan. Mushtlashganlarning yarmi uni bordyur o‘rnatish uchun mo‘ljallangan desa, boshqalari kabel yotqizish uchun mo‘ljallangan deb hisoblagan.

Mojaro tezda 30 ga yaqin odam ishtirokida mushtlashuvga aylanib ketdi. Voqea guvohlari politsiyani chaqirgan. Yetib kelgan xodimlar ishchilarni ajratib, mojaroning 16 nafar ishtirokchisini politsiya bo‘limiga olib ketishdi.

Tergov jarayonida janjal qo‘zg‘atuvchilar ikki erkak ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, qo‘lga olinganlarning ayrimlarining ish hujjatlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan noqonuniy mehnat faoliyati uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qolgan ishtirokchilar ustidan tergov davom etmoqda.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya