Tyumendagi migrantlar ovqat evaziga ishlayapti, degan xabarlar tarqaldi. Vaziyat Tyumenning shahar atrofidagi tumanlaridan birida yuzaga kelgan.
Turli bog‘dorchilik hududlari – “dacha”larda chet el fuqarolari guruhlari kuzatilgan. Ularning ko‘pchiligi Bereznyakovskiy yaqinida joylashgan.
“Bereznyaki mikrorayoniga yaqin joylashgan dacha posyolkalari hududida bir guruh muhojirlar kuzatilgan. Ular uyma-uy yurib, uy ishlarida yordam berishadi. Ular mehnatiga haq sifatida oziq-ovqat qabul qilishga ham tayyor”, — deb yozadi ura.ru sayti.
Bunday to‘lov uchun chet elliklar yer chopish, axlatni chiqarib tashlashga va boshqa ishlarni qilishga tayyor.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tyumen viloyati bo‘yicha hozircha vaziyatga izoh bermadi.