216 07/05/2024

Dala hovlidagi ishlarga muhojirlarni yollaydigan tyumenliklar migrantlarning xizmati qimmatlashganidan norozi bo‘lmoqda, deb yozgan URA.RU sayti o‘z manbalariga tayanib.

“Migrantlarning xizmatlariga bo‘lgan narxlar ikki karra qimmatlagan. Endi dala hovlida ish uchun migrantni yollash uchun 2000 emas, 4000 rubl to‘lash kerak. Xizmat narxlarining qimmatlashishi migrantlarning soni kamaygani, ko‘pchilik muhojirlarning uyga qaytib ketgani bilan bog‘liq”, deb yozmoqda nashr.

Xabarda aytilishicha, migrantlar xizmati narxi qimmatlashganiga qaramay, tyumenliklar ularni yollashda davom etmoqda. Chunki qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida ishlarning katta hajmini migrantlar bajaradi.

Davlat idoralari mazkur holat yuzasidan izoh bermagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya