Maqola

281 06/06/2024

“Уведомление”ni patenti bor barcha migrantlar topshirishi kerak. Hattoki “trudovoy dogovor”siz yoki xizmat shartnomasisiz, bir martalik xizmat ko‘rsatib ishlaydiganlar ham. Chunki og‘zaki tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ham uvedomleniye topshirish kerakligi belgilangan.

“Уведомление”ni patentni qo‘lingizga olgan kundan boshlab 2 oyda topshirish lozim. Oldinroq topshirsangiz bo‘ladi, lekin kechiktirishingiz mumkin emas. Kechikadigan bo‘lsangiz, patentingiz kuyishi mumkin.

“Уведомление” hujjati rus tilida bosma harflar bilan xatosiz, ortiqcha belgilarsiz, bo‘yashlarsiz, qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi.

“Уведомление” bilan birga mehnat shartnomasi yoki xizmat shartnomasi nusxasi topshiriladi. Agar shartnoma og‘zaki tuzilgan bo‘lsa unda barcha ma’lumotlar «уведомление»ni o‘zida ko‘rsatiladi va hech qanday nusxa berish shart emas. E’tibor bering, shartnoma qancha muddatga tuzilishi kerakligi bo‘yicha hech qanday talab yo‘q.

«Уведомление»ni shaxsan IIB bo‘limiga olib borib topshirishingiz yoki pochta orqali “c уведомлением о вручении и описью” shaklida yuborishingiz mumkin. Pochta orqali yuborsangiz, Shartnoma nusxasini qo‘shib, nimalarni yuborayotganingizni “опись” varag’ida ko‘rsatishni unutmang.

Qolaversa, “Госуслуги” orqali elektron topshirsangiz ham bo‘ladi. Elektron topshirganingizda shartnomani pdf shaklida skaner qilib, qo‘shib yuborasiz.

Agar “Госуслуги” orqali topshirsangiz, qabul qilinganlik haqida elektron xabar keladi.
Agar pochta orqali yuborsangiz, yuborganingiz va qabul qilishgani haqidagi xatni yo‘qotmang (chek va sms xabar bo‘ladi).

IIB xodimi “уведомление”ni qabul qilgach, ish beruvchingizni tadbirkor sifatida Yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini tekshiradi. Undan so‘ng “уведомление”ni qabul qilgan vaqtidan boshlab uch kun ichida IIB tizimiga “уведомление” topshirganingiz haqida ma’lumot kiritadi. Shu sababli, biror xatolik aniqlansa, tuzatishga vaqtingiz yetishi uchun “уведомление”ni ertaroq topshirishni maslahat beramiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya