Maqola

563 05/09/2025

Avvalroq «Справедливая Россия — Патриоты — За правду» partiyasi rahbari Sergey Mironov 2025-yilning yetti oyida Xanti-Mansiysk avtonom okrugida muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 150 foizga oshganini ma’lum qilgandi. U, shuningdek, mintaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri president boshqaruvini joriy etish haqida ham gapirdi.

Biroq mintaqa Ichki ishlar vazirligi boshqa ma’lumotlarni ma’lum qildi. Ularga ko‘ra, 2025-yilning sakkiz oyida migrantlar tomonidan sodir etilgan 427 ta jinoyat qayd etilgan. Bu haqiqatan ham avvalgiga nisbatan 51 foizga ko‘p, biroq statistik ma’lumotlarga epizodlar soni ko‘p bo‘lgan holatlar kiritilganligi sabab bo‘lgan. Masalan, bitta jinoyat ishida 75 tagacha alohida jinoyat bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, qonunni buzgan muhojirlarning soni 160 kishi, 22 foizga kamaygan. Ko‘rsatilgan holatlarning aksariyati giyohvand moddalar bilan bog‘liq – 278 ta holat, bu barcha jinoyatlarning 64 foizini tashkil etadi.

Politsiyaning ta’kidlashicha, bunday holatlarning aksariyati (65 foizi) tekshiruvlar chog’ida xodimlarning o’zlari tomonidan aniqlangan. Umuman olganda, mintaqada sudga oshirilgan jinoyatlarning atigi 6,2 foizi migrantlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, 2025-yilning 8 oyi davomida xorijliklarni chiqarib yuborish bo‘yicha 248 ta qaror qabul qilingan bo‘lib, 302 kishi haqiqatda mamlakatni tark etgan. 1300 nafar xorijlik uchun Rossiyaga kirish taqiqlangan, 29 kishi deportatsiya qilingan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya