Maqola

55 23/10/2026

Özbekiston Birinçi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva bolalar onkologiyasi sohasida tibbiy yordam tizimini rivojlantiriş va bolalarning soğlom hayot keçiriş huquqini ilgari suriş borasidagi faoliyati uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) WHO Director-General’s Award 2026 mukofotiga sazovor böldi.

JSST ma’lumotiga köra, uşbu mukofot global soğliqni saqlaş sohasida yetakçilik körsatgan va aholi salomatligini muhofaza qilişga katta hissa qöşgan şaxslarga beriladi.

WHO Director-General’s Award 2019-yilda JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus tomonidan ta’sis etilgan. Mukofot laureatlarini taşkilot Boş direktori şaxsan tanlaydi. U har yili çeklangan sondagi nomzodlarga topşiriladi.

Turli yillarda mukofotga siyosatçilar, olimlar va xalqaro soğliqni saqlaş sohasida faoliyat yuritgan taniqli şaxslar sazovor bölgan.

Jumladan, 2024-yilda Barbados Boş vaziri Mia Mottli hamda COVID-19ga qarşi mRNK vaksinalarini yaratişga asos bölgan tadqiqotlari uçun olimlar Katalin Kariko va Dryu Vaysman mukofotlangan.
Mia Mottli iqlim özgarişining inson salomatligiga ta’siri va mikroblarga qarşi preparatlarga çidamlilikka qarşi kuraş borasidagi faoliyati uçun e’tirof etilgan. Katalin Kariko va Dryu Vaysmanning ilmiy işlari esa mRNK vaksinalarini işlab çiqişda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular 2023-yilda fiziologiya va tibbiyot böyiça Nobel mukofotini ham olgan.

2023-yilda global soğliqni saqlaş sohasidagi köp yillik faoliyati, jumladan, Ebola va OIV/OITSga qarşi kuraşga qöşgan hissasi uçun olim Piter Piot ham JSST mukofotiga sazovor bölgan.
Garvard tibbiyot maktabi professori, kam ta’minlangan aholiga tibbiy yordam körsatişga ixtisoslaşgan Partners In Health taşkiloti hammuassisi Pol Farmer esa soğliqni saqlaşda tenglik va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi faoliyati uçun 2022-yilda vafotidan söng taqdirlangan.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar onkologiyasi böyiça tibbiy yordam tizimini rivojlantiriş va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini xalqaro miqyosda ilgari suriş borasidagi faoliyati uçun mukofotga loyiq körilgan.

JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus mukofot topşirilişi munosabati bilan Ziroat Mirziyoyevaning bolalar, xususan, onkologik kasalliklarga çalingan bolalar manfaatlarini himoya qiliş borasidagi faoliyatini alohida ta’kidlagan.

Taşkilotning mazkur mukofoti bolalar salomatligini muhofaza qiliş va tibbiy yordam tizimini rivojlantiriş yönalişidagi işlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilganini anglatadi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya