Туркум: Россия хабарлари

Putin muhojirlar haqida nima dedi?

Rossiyada Putinning ketishi, diversantlar va saylov mavzulari ko‘p tarqalayotgan hozirgi kunda Rossiya prezidenti yaxshi kayfiyatda intervyu berdi. Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida migrantlar mavzusida ham fikr bildirib o‘tgan Vladimir Putin avvalgi chiqishlardan farqli o‘laroq, bu safar migrantlar haqida negadir nisbatan yumshoq ohang bilan gapirdi. Bunday ritorika ehtimol migratsiya sohasidagi ijobiy...

Kurerlarning maoshi oshyapti(mi?)

Ish izlash servisi marketing bo‘yicha tadqiqotlar yo‘nalishi rahbari Mariya Ignatovaning fikriga ko‘ra, Rossiyadagi  kuryerlarning maoshi bir yil ichida 87 200 rubldan 112 500 rublga ko‘tarilgan. Mutaxassisning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda kuryerlik kasbi trendga aylangan. Doimiy ravishda o‘sib boruvchi maosh ish beruvchilar har bir nomzod uchun kurashayotganini bildiradi. Shu sababdan kuryerlarning oyligi rekord...

Migratsiya reydlari Qozog‘istonga ham yetib bordi

So‘nggi paytlarda Olmaotada migratsiya qonunchiligi bo‘yicha nazorat kuchaytirilgan. Ikki kun ichida 100 dan ortiq muhojir javobgarlikka tortilgan. Bizmedia.kz nashrining qayd etishicha, mahalliy huquq-tartibot idoralari Qozog‘iston hududida bo‘lish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini aniqlashga qaratilgan bir qator reydlar o‘tkazgan. Qisqa vaqt ichida yuzdan ortiq muhojir – aniqrog‘I, 103 kishi javobgarlikka...

Rossiya fuqaroligini olganlar kamaydi – MVD

MVDning Migratsiya bo‘limi boshqarmasi 2023-yildagi faoliyati natijalari bilan bo‘lishdi. Migratsiya bo‘limi boshqarmasining rasmiy saytida 2023-yil davomida olib borilgan faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot berildi. Ahamiyatli raqamlarni havola etamiz. Vazirlikning ma’lum qilishicha 2023 yili o‘tkazilgan 283 600 ta reydlar migratsiya qonunchiligining buzilishi holatini qayd etilib, 873 300 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Bu...

Rossiya Mehnat vazirligi migrantlarning erkini cheklovchi taklif berdi

Migratsiya sohasida navbatdagi ahmoqona taklifni muhokama qilsak, nima deysiz? Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi quruvchi firmalarga yetishmayotgan ishchilar muammosini migrantlarni “qulga” aylantirish hisobiga hal qilmoqchi bo‘layapti. Ya’ni, Mehnat vazirligining parlamentga ko‘rib chiqish uchun berayotgan taklifiga ko‘ra, migrantlar ularni taklif qilgan ish beruvchilardan boshqasida ishlashi taqiqlanadi. Agar migrant uni taklif...

Rossiyada Yandex taksini tekshirish rejalashtirilmoqda?

FAS “Yandeks taksi” kompaniyasi monopoliyaga qarshi qonunchilikning buzilishi va bozordagi ustunlik holati yuzasidan tekshirilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi TASS. 2023-yilda kompaniyaga yo‘lovchilar va haydovchilardan 300 dan ortiq shikoyat kelib tushgan. Bu haqda FAS rahbari Maksim Shaskolskiy ma’lum qilgan. “…Yandex Taxi tekshirishga moratoriy qo‘yilgan kompaniyalar qatorida. Shuning uchun ularni tekshira olmaymiz....

Rayffayzenbank to‘g‘risida xavotirli xabarlar kelmoqda

AQSH Avstriyaga noqonuniy pullar oqimi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisni yubormoqchi. Mutaxassis Rayffayzen va boshqa banklarni Rossiyaga qarshi cheklov choralarini buzganlik uchun dollar tizimidan uzilishi xavfi haqida ogohlantiradi. Rayffayzenbank bugungi kunda Rossiyadan dunyoning boshqa mamlakatlariga o‘tkaziladigan xalqaro o‘tkazmalarning 50%ini amalga oshiradi. Bu degani AQSHning mutaxassisi negativ xulosa bilan qaytsa, sanksiyalarga uchraydigan...

Rossiyaga kirish rad etilishi mumkinmi?

So‘nggi paytlarda muhojirlarga Rossiyaga kirishda rad javobi berilishi ko‘paygan. Hech qanday «zapret», kasalligi yoki huquqbuzarligi bo‘lmagan oddiy migrantlar chegarachining so‘roqlariga tutilib, telefoni, narsalari tintuv qilinib, natijada hech qanday tushuntirishlarsiz mamlakatga kiritilmay qaytarib yuborilmoqda. Yani bu hammamiz bilgan Rossiyaga kelish uchun taqiq emas, balki aynan chegaraga kelganda chegarachiga qandaydur sabablar...

Patenti borlar SVSIGdan turib ham deportlarini bekor qilishlari mumkin

Hozir muhojirlarga reydlar ko‘paygan payt. Ko‘pincha, bunday tekshiruv natijasida migrantlar ma’muriy chiqarib yuborish jazosiga tortiladi va bu chiqarib yuborish chorasi nazorat ostida amalga oshiriladi. Muhojirni nazorat ostida Rossiyadan chiqarib yuborish qarori sud tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror qabul qilingach, migrantlar sud zalidan keyin Xorijliklarni vaqtincha saqlash markaziga (SVSIG) joylashtiriladi....

Yana reydlar boshlandi: hujjatsiz yurmang

Rossiyaning turli shahar va hududlarida migrantlarga reydlar o‘tkazilmoqda. Sverdlovskaya oblast, Krasnodarskiy kray, Tverskaya oblast, Saxalin, Samarskaya oblast, Krasnoyarskiy kray, Xakasiya, Sankt-Peterburg, Moskovskaya oblast, Moskva va boshqa hududlar noqonuniy mehnat muhojirlarini aniqlash maqsadida reyd o‘tkazayotganini va dastlabki natijalarni ma’lum qilgan. Qolaversa, GIBDD bo‘limlari tarafidan ham butun Rossiyada 4 martadan 31-martgacha...
Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация